Muhammad Saloh ketadimi?

muhammad saloh ketadimi

Saudiya Arabistoni davlatida oxirgi paytlarda futbol rivoji uchun juda katta ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zi, 10 yillar avval hademay dunyo futboli arablarning qo‘liga o‘tadi, degan taxminlar bo‘lardi. PSJ, «Manchester Siti» va boshqa klublar ularning ixtiyoriga o‘tishi bilan har tomonlama futbolga bo‘lgan munosabatlar o‘zgarishni boshladi. Nihoyat, shu yildan Saudiya Arabistoni hukumati ham yirik mablag‘larni ftbol rivojlantirish uchun sarflashga ruxsat berdi. Buning natijasida yulduzlar o‘sha yurtga qarab ketishni boshlashdi. Ronaldu, Benzema yoki Neymarlarning ketganini o‘zi judda katta qadam hisoblanadi. Bugunga kelib Muhammad Saloh ketadimi, degan xabarlar tarqaldi. Biz bu mavzuga aniqlik kiritib ketmoqchimiz.

Aslida Muhammad Saloh ketadimi?

Bu savolga javob 99% «ha» bo‘lishi kutilmoqda. Saudiya Arabistonining gigant jamoalaridan bir «Al-Ittihod» Angliyaning «Liverpul» klubi hujuchisi Muhammad Salohga jiddiy e’tibor qaratgan. Arablar hujumchi uchun inglizlarga 90 mln evro berishga rozi bo‘lib turishibdi. Aslida, bu futbolchiga bunaqa miqdordagi pullar hozir to‘lanmaydi, chunki misrlik iqtidor egasining yoshi ham katta bo‘lib qolgan. Shunday ekan, ushbu transferning amalgi oshish ehtimoli juda yuqori.

Ayni paytda gap «Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Kloppda qolgan. U 31 yoshli Salohning arab diyoriga ketishiga qarshilik qilmoqda. Ammo, shunga yarasha pul ham taklif qilingan, Klopp fikridan qaytishi mumkin. Muzokaralar davom etmoqda. Yaqin vaqt ichida transfer e’lon qilinishi kutilmoqda. Bu haqida Evropa matbuoti xabar tarqatib ulgurdi.

Saloh yangi jamoada qancha pul oladi?

Ma’lum bo‘lishicha, arablar Misr terma jamoasi hujumchisiga 2 yillik mavsum uchun 180 mln evro berishga rozi bo‘lishgan. Futbolchining o‘zi ham bu shartga tayyor. Agar «Liverpul» bu savdoga ijobiy javob bersa, Salohning transferi Saudiya arablari tarixidagi eng yirik kelishuvga aylanadi. Shu paytgacha bundan ortiq hech bir futbolchiga pul berishmagan. Muhammad Saloh ketadimi yoki yo‘q bunisini vaqt ko‘rsatadi.

Voqealar rivoji kuzatilmoqda.

295 марта ўқилди