Hozirgi vaqtda dunyoda qariyb 60% insonlar ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishadi. Bu 2023 yilgi statistika hisoblanadi va son jihatdan 4,5 milliarddan ziyod odam degani. Ular o‘rtacha bir kunda 2 soatdan vaqtlarini shu tarmoqlarda o‘tirib, o‘tkazishadi. O‘zbekistondagilar ham shundek. Bu nima degani? Biror bir mahsulot yoki xizmat turi uchun ular tayyor mijoz degani. Buyurtmachi yoki hamkor degani. Ularga o‘z biznesingiz haqida aytishni va ko‘rsatishni SMM deb atashadi. Demak, kelajak shu kasb ortidaligiga shubha yo‘q. Bugun biz sizga SMM kurslari haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Toshkentda SMM kurslari haqida ikki og’iz
Keling, avvalo SMM so‘ziga oydinlik kiritib ketaylik. U nima o‘zi? Bu so‘z inglizchadan kelgan — yoyib Social Media Marketing deb o‘qiladi. Ya’ni, ma’nosi ijtimoiy tarmoqlarda marketingni olib borish. Biznesni yuritish hamda maqsadga erishish degani. Nimanidir sotish — qisqa qilib tushuntiradigan bo‘lsak. Facebook, Instagram, Twitter, TikTok, YouTube va hokazo platformalarda salohiyatli mijozlarni topish mumkin.
SMM orqali quyidagi ishlarni amalga oshirish mumkin:
— o‘sha sahifada kontent (matn, foto, video va hokazo) joylashtirish;
— mahsulot yoki xizmat haqida gapirib berish;
— biznesga yangi obunachilarni qo‘shib olish va ko‘paytirish;
— auditoriya bilan muloqot qilish;
— ijtimoiy tarmoqlarda reklama yoqish;
— brendning obro‘sini (imidj) ommalashtirish;
— natijalarni tahlili qilish;
— va shunga o‘xshash.
Odamlar mana shu ijtimoiy tarmoqlarga kirishganda, nimadir qiziq narsani ko‘rishadi. Unga obuna bo‘lishni istashadi, fikr bildirishni yoki sotib olishni xohlab qolishadi. Bu tarmoqlarda insonlar bir-biri bilan tanishadi, aloqalar o‘rnatishadi, raqobatchilarni o‘rganishadi va jiddiy hamkorlari topishadi. Hech shak-shubhasiz ijtimoiy tarmoqdagi marketing hammaga kerak. U do‘kon bo‘ladimi, savdo markazimi yoki oddiy brend. Ammo, bu ishning ham o‘ziga yarasha past baland jihatlari bor. SMM qachon foyda beradi, qachonki undan to‘g‘ri va samarali foydalanilsa. Demak, bu borada ilm olish kerak.
Biz sizga SMMxizmat.uz studiyasi qoshida ochilgan o‘quv markazi haqida ma’lumot bermoqchimiz. Ular mana, 15 yildan oshdiki, mazkur yo‘nalishda ishlab kelishmoqda. 100 dan tortiq top-brendlarning savdosini ko‘tarishga hissa qo‘shishgan. Bugunga kelib esa, ushbu ilmlarni siz bilan baham ko‘rishga tayyorlar.
SMM kurs nimani o‘rgatadi?
Bu kursda siz eng yirik ijtimoiy platformalar bo‘lgan Feysbuk va Instagramda qanday ishlash kerakligini bilib olasiz.
Jumladan:
— oddiy akkauntdan biznes (professional) akkauntga o‘tib ishlashni;
— sahifani to‘g‘ri sozlashni (nomlash, rasm qo‘yish, izohlab tushuntirib berish);
— storis («актуальные») «dolzab doiracha»larni to‘g‘ri to‘ldirishni;
— to‘g‘ri post qo‘yishni (xeshteglar bilan);
— post dizaynini vizual jihatdan to‘g‘ri qilish yo‘llarini;
— Reels bo‘limiga videolar qo‘yish, suratga olish va montaj qilishni;
— targeting sozlashni, auditoriya bo‘yicha (yoshi, jinsi, mintaqa, hudud, qiziqishlar va hokazo)
— to‘lov tizimlari bo‘lgan Visa yoki Mastercard kartalarini ulashni;
— mustaqil reklama qilishni;
— postlar statistikasi bilan ishlash va monitoring qilish yo‘llarini.
Xullas, zamondan ortda qolmay desangiz ushbu bilimlarni olib qoling. Ertaga bundan faqat foyda ko‘rasiz. SMM kurslari haqida deb bizni izlab topdingizmi, demak to‘g‘ri yo‘ldasiz. Narxlarimiz cho‘ntakbop. SMM kurslarda biz sizni kutamiz.
Murojaat uchun:
Telefon/Telegram: +99897-7508030
Instagram: havola