Ispaniya chempionatining 37-turidan o‘rin olgan «Sevilya» — «Real» Madrid o’yini nihoyasiga etdi. Unda 1:2 hisobi qayd etilib, madridliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi. E’tiboringizga o‘yin sharhi va statistik ko‘rsatkilarini havola qilamiz.
«Sevilya» — «Real» Madrid o’yini haqida
La Ligada yana bitta tur qoldi. Shu bilan klublar mavsumga yakun yasashadi. «Real» uchun bu o‘yindagi natija unchalik ham muhim emasdi. To‘g‘ri, «Atletiko» bilan oradagi 1 ochko farqi ko‘p narsani hal qilmaydi. Shunday bo‘lsada, Madrid bu galki muhim raqibini safarda enga oldi.
Avvaliga 3-daqiqada Rafa Mir chiroyli tarzda gol urib, mezbonlarni oldinga olib chiqdi. Aslida zarbani Xil darvoza tomon yo‘llagandi, to‘p himoyachidan qaytib, Mirga tushdi. U esa Kurtuaga imkon qoldirmadi. Kiritilgan goldan so‘ng «Sevilya» ustunlikni saqlab turishga harakat qildi. Ammo, «Real» o‘ziga kelib ulgurdi. 29-daqiqada Rodrigo jarima zarbasini yaxshi ijro etdi va oradagi farqini yo‘qqa chiqardi. Mehmonlar o‘yin tizginini o‘z qo‘llariga olishdi. Vaskes o‘ng qanotda ko‘p marotaba raqib himoyachilarini shoshirib turdi. Valverdening chiroyli uzatmasini gol bilan yakunlashi ham mumkin edi. Birinchi bo‘lim shu hisobda yakuniga etdi.
Ikkinchi bo‘limda tomonlar oldinga tashlanishdi. Qo‘polliklar ham o‘z navbatida ko‘padi. Anchelotti Valverdening o‘rniga Kamavingani tushirishga majbur bo‘ldi. «Sevilya» tarkibida Rakitich va Xillar ishonchi o‘yin ko‘rsatishdi. 69-daqiqada Kroos ajoyib tarzda maydon markazidan to‘pni Rodrigoga uzatib berdi. To‘pni qabul qilib olgan futbolchi raqib himoyachisini aldab o‘tib, to‘pni burchakka yo‘naltirdi. Bunu hech narsa qila olmadi. Hisob o‘zgardi, 1:2. Amalda o‘yin taqdiri hal bo‘lgandek edi. Bu ham etmagandek, 83-daqiqada Akunya qizil kartochka olib maydondan chetlatildi. Mehmonlar g‘alabani saqlab qolishdi va 3 ochkoga ega bo‘lishdi.
O‘yindan so‘ngi fikrlar va ko‘rsatkichlar
«Sevilya» — «Real» Madrid o’yini tugagach, Madrid tarkibida eng yaxshi futbolchi, deb Rodrigo topildi. Mendi esa eng yomon futbolchi, deb tan olindi. Mazkur mag‘lubiyatgacha «Sevilya» ketma-ket olti o‘yinda mag‘lub bo‘lmayotgandi. Bu jamoalarning so‘nggi uchta o‘yinida faqat «Real» g‘alaba qozongan. «Qirollik klub» oxirga to‘rtta safar o‘yinlarida mag‘lub bo‘layotgandi. An’ana bekor bo‘ldi.
Bellashuv tugagach, Karlo Anchelotti quyidagilarni aytib o‘tdi: «Mening futbolchilarim yuksak darajada o‘yin ko‘rsatishlari uchun ularni ruhlantirishning iloji yo‘q deyarli. Ammo, biz mavsumni ko‘tarinki kayfiyatda tugatmoqchimiz. JCh-2022 dan keyin Rodrigo ancha ochilib bormoqda. Bu safar ham o‘zini ko‘rsatdi. Uning mahorati yuqori. Markazda yakkakurashda engilmaydi hisobi. Qarshi hujumda ancha xotirjam o‘ynaydi».
Uchrashuv qaydnomasi
Ispaniya chempionati, 37-tur
Sevilya — Real Madrid 1:2
Gollar: Rafa Mir (3) — Rodrigo (29), Rodrigo (69).
Sevilya: Bunu, Montel, Rekik, Gudel (Bade, 81), Akunya, Rakitich (Suso, 62), Gomes (Oliver Torres, 74), Lamela (Korona, 74), Bueno, Xil (Jordan, 62), Rafa Mir.
Real Madrid: Kurtua, Alaba, Militao, Mendi, Modrich, Kroos, Tchuameni, Vaskes (Ryudiger, 81), Sebalos, Valverde (Kamavinga, 54), Rodrigo (Nacho, 81).
Ogohlantirishlar: Vaskes (33), Tchuameni (65), Nacho (84), Jordan (90), Sebalos (90), Oliver Torres (90).
Chetlatish: Akunya (83).
«Ramon Sanches Pisxuan» stadioni.