Bugungi kunda mashhur bo‘lib ketgan Telegram ijtimoiy tarmog‘ining asoschisi — Paved Durovning aytgan muhim gaplari hozirda juda dolzarbdir. Uning muvaffaqqiyati, kun tartibi va nimalardan voz kegani haqida aytgan ma’lumotlari ko‘p narsani anglatadi. E’tiboringizga Durovning hayotiy tavsiyalari nimalar ekanligini havola qilamiz. Zero, ular har birimiz uchun zaruriy bo‘lgan tavsiyalardan iborat.
Pavel Durovning hayotiy tavsiyalari nimalarda iborat?
1-qoida. Bu hayotda sizga nima yoqadi?
Yaxshilab anglab oling, sizga nima rostdan ham yoqadi. O‘sha ish sizga rohat bag‘ishlasa — bilib qo‘yingki siz baxtlisiz.
2-qoida. Yeyotgan, ichayotgan va chekayotgan «ahlat»dan voz keching
Hech qanday mo‘’jizaviy yoki ayorona parhezning o‘zi yo‘q. Faqatgina tabiiy narsalar — mevalar, poliz ekinlari, sabzavotlar va suv. Go‘shtdan voz kechib vegetarianga aylanib olishning keragi yo‘q. Shunchaki, shakar, un, kofe, alkogolь va fast-fudlarni kamaytiring.
3-qoida. Horij tillarini o‘rganinng
Bu sizga misli ko‘rilmagan imkoniyatlarni ochadi. U orqali ish faoliyatingiz ortadi, yuqori lavozimlarga erishasiz. Internetda rus tilida gaplashadiganlar soni 60 mln ni tashkil qiladi. Ingliz tilidagilar esa 1 mlrd dan ziyod. Rivojlanish markazi — boshqa joyda, shu jumladan ingliz tilidagi hayot ham. Bugunga kelib, ingliz tilini bilish — qandaydir ziyoli bo‘lish degani emas, balki hayotiy zaruratdir.
4-qoida. Kitob o‘qing
O‘zingizga yoqadigan mavzuda va professional faoliyat bilan bog‘liq kitoblarni mutolaa qiling. Bu orqali dunyoni anglash va qabul qilishni o‘rganasiz. Tarix, tabiiy fanlar, shaxsiy muvaffaqqiyat, sotsiologiya, psixologiya va shaxsiy biografiya mavzulari bo‘yicha ilni kengaytirish zarur. Agar kitob o‘qishga vaqt bo‘lmasa, audiokitob tinglang. Haftasiga 1 ta kitobni o‘qib yoki eshitib tugating. Yiliga 50 ta degani bu, axir.
5-qoida. Dam olish kunlarini foydali o‘tkazing
Shanba va yakshanba kunlaridan samarali tarzda o‘tkazing. Muzey yoki teatrga borib keling, sport bilan shug‘ulaning. Shahar tashqarisiga chiqing, qarindoshlarni ko‘rib keling. Hech bo‘lmasa yaxshi kinoga tushing. Dunyo bilan aloqani kengayting. Qanchalik o‘zingizda ijobiy energiyani o‘tkazsangiz — bu yaxshi. Hayotni to‘g‘riroq anglashni boshlaysiz.
Yana qanday foydali tavsiyalari bor?
6-qoida. Blog yoki kundalik yuriting
O‘zingizga yoqadigan yoki ko‘ngilga o‘tirgan mavzuda blog yuritinng. Kundalik tuting. Qanday mavzuda yozishning farqi yo‘q. Hattoki, zo‘r yoza olmayman, deb xavotir ham olish shartmas. O‘zizning tilda yozavering. O‘quvchilaringiz soni 10 taga etmasa ham mayli. Muhimi, blog yoki kundaligingizda siz fikrlayapsiz, tahlil qilyapsiz. Agar muntazam shu ishni qilib tursangiz — obunachilar va sizni uzatadiganlar paydo bo‘ladi. Ularning soni ortib boradi.
7-qoida. Oldingizga maqsad qo‘ying va ularni yozib
Avvalam bor maqsadlarni aniqlab oling. Ularning albatta qog‘ozga tushiring. Hech bo‘lmasa Word’ga yozib qo‘ying. Muhimi ular aniq va lo‘nda yozilgan bo‘lsin. Qandaydir o‘lcham bilan o‘lchana olsin. Agar maqsad qo‘ysangiz — unga erishasiz yoki erishmaymiz. Ikkitadan bittasi bo‘ladi. Agar maqsad bo‘lmasa — erishishning imkoni o‘z-o‘zidan yo‘q. Farqini ko‘rdizmi?
Mana shunaqa gaplar hozircha
Ko‘rib turganingizdek, boy insonlar qatorida bo‘lgan Pavel Durovning hayotiy tavsiyalari shulardan iborat. Saytimizning kuzatib boring, qolgan tavsiyalarni ham bilib olasiz.
Davomi bor …