Raqamli dunyoda yashayapmiz. Kundalik hayotimizga Internet, smartfonlar, vidjet va har xil aqlli qurilmalar allaqachon kirib bo‘lgan. Ularsiz bir zumga ham bu hayotni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu tabiiydir. Ayniqsa, tadbirkorlik faoliyati yoki shaxsiy brend ustida ishlaydiganlar zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalarisiz bir qadam ham siljiy olishmaydi. Hozirga kunga kelib Internet va veb saytlarning o‘rnini bosish qiyin bo‘lib qoldi. Ha, ijtimoiy tarmoqlar ular bilan birga zamon bilan hamnafas. Lekin, ularning asosida ham veb saytlar yotadi. Busiz iloji yo‘q. Bugun saytlar haqida gaplashamiz. Aniqrog‘i, veb sayt yaratish xizmatlari bo‘yicha taklif qilayotganlar haqida bo‘ladi, ushbu mavzu.
Toshkentda veb sayt yaratish haqida
Keling, avvaliga veb sayt nima ekanligini tushuntirib ketaylik. Veb sayt (inglizchasi web site) qisqa qilib sayt desak ham bo‘ladi — bir biri bilan bog‘langan veb sahifalardan iborat hamma uchun ochiq bo‘lgan jamlanmadir. Ularning barchasi bitta domen (nom, masalan: bilib-oling.com ) ostida birlashgan bo‘ladi. Mana shundek nomlarning dunyo bo‘ylab jamiiki yig‘indisini Internet — butunjahon o‘rgamchak to‘ri deb atashadi. Yanayam soddaroq qilib aytadigan bo‘lsak, sayt Internetda ma’lum bir manzilda (URL — deyiladi) turadi. U erda esa ma’lumotlar to‘plai bo‘ladi. Ma’lumot deganda — matn, rasm, musiqa, video, hujjat, jadval va hokazolarni tushunamiz. Internet degani esa mana shu manzillarning jamlanmasidir.
Shunday ekan, qaysidir korxona yoki biror shaxsni yaxshiroq tanitish uchun albatta veb sayt qilish kerak bo‘ladi. O‘sha saytda nima sotish, mahsulot yoki xizmat turlarining ustunlik jihatlarini, narx-navosi, rasmlari va hokazo ma’lumotlari taqdim etilishi kerak bo‘ladi. Uni ko‘rgan mijozda sotib olishga hayrixohlik paydo bo‘ladi. Saytlar har xil dizayn va funktsionaldan iborat bo‘lib, statistik yoki dinamik degan toifalarga bo‘linadi. Statistik sayt oddiy o‘zgarmaydigan kontentdan iborat bo‘ladi. Dinamik sayt esa foydalanuvchining xatti-harakati tufayli o‘zgarib, generatsiya bo‘lib turadi.
Toshkentda veb sayt yaratish xizmatlari va uni texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlab turishga ixtisoslashgan studiyalar juda ko‘p. Ularning har birida o‘zining narxlari va yaratish muddatlari mavjud. Bunga qo‘shimcha yillik tajribalari va qilgan ishlarning ko‘lami ham bo‘ladi. Biz sizga aytmoqchi bo‘lgan studiya bo‘lsa mana 20 yildan oshdiki, juda ko‘plab saytlarni yaratib kelmoqda. Oddiy tashrif saytidan (sayt-vizitka) tortib, katta-katta portallargacha muvaffaqqiyatli amalga oshirilgan. Biznes sub’ektlarining veb saytidan tortib, vazirliklarning yirik portaligacha ishlab chiqishgan.
Veb sayt yaratish bo‘yicha kimga murojaat qilinadi?
Sayt yaartishdan oldin uni foydalanuvchi va tashrif buyuruvchilar uchun to‘g‘ri ko‘rinishga keltirib olish lozim. Tasavvur qilib olish muhim. Ya’ni, ishlanma o‘qish va biror narsa bilan tanishish uchun uchun qulay bo‘lishi shart. Biz yillar davomida foydalanuvchilarning xatti-harakatlarini kuzata turib, nimalarga ko‘proq e’tibor qaratishini bilib qolganmiz. Ishlab chiqarilayotgan sayt ana o‘sha omillar bilan yanayam sayqallanadi. Maqsad bitta — maksimal darajada qulay qilish. Ko‘zni charchatmaslik va navigatsiyani oddiy qilish. Yana bir muhim jihat — veb sayt barcha qurilmalarda (kompьyuter, smartfon, planshet) tezkor ravishda ochilish kerak. SEO jihatdan optimallashtirilgan bo‘lib, uni Google va Yandeks qidiruv tizimlari tanishi lozim. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, yaratilgan saytni ma’lum vaqtdan keyin qidiruv tizimlari ko‘rib, foydalanuvchiga chiqarib berishi kerak. Aks holda bunaqa saytning foydasi kam bo‘ladi.
Marhamat, bizga murojaat qiling korxonangiz yoki o‘zingiz uchun saytlarni qisqa muddatda yaratib beramiz. Uni SEO optimallashtirib, ma’lum bir kalit so‘z bo‘yicha kelajakda traffik olib kelishini ta’minlay olamiz.
20 yildan ortiq tajriba, 100 ortiq yaratilgan veb saytlar.
Murojaat uchun:
Telefon/Telegram: +99897-7508030
Instagram: havola