SEO kurslar haqida — Telefon 977508030

seo kurslar haqida

Veb sayti bor yoki tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan insonlar ikkiga bo‘linadi. Birinchi toifa insonlar — SEO optimizatsiya degan iborani biladi, ikkinchi toifa insonlar uni bilmaydi. Hamma gap ham shunda. To‘g‘ri, biror bir mahsulot yoki xizmat turi haqidagi ma’lumotni Google top-10 yoki Yandeks top-10 sahifada chiqarishning bitta tezgina yo‘li bor. U ham bo‘lsa kontekst reklama qilish. Lekin, bu kontekst reklamaning ham o‘ziga xos minus taraflar bor. Doim pul to‘lab turish kerak, raqobatchilar tepaga chiqib ketmasligi uchun «stavkalar»ni oshirib turish shart va hokazo. Ammo, sizga uzoq muddatli traffik olib keladigan va xuddi kontekst reklama kabi ma’lumotni top-10 ro‘yxatda chiqarishning ikkinchi yo‘li ham bor. Bu — veb saytni SEO optimallashtirish deganidir. SEO kurslar haqida deb, izlayapsizmi demak to‘g‘ri yo‘ldasiz. Bu ilmni o‘rganib olish lozim. Aks holda kelajakda ko‘p pulga tushishga to‘g‘ri keladi.

SEO kurslar haqida batafsil ma’lumot

Do‘stlar, bu bilimni boshqa joylardan topish juda qiyin. Fundamental yondoshuv orqali sizga tizimli ilmni hamma ham bera olmaydi. Shunday ekan, agar siz kelajakda SEO optimizatsiya haqida professional tarzda shug‘ullanaman desangiz, albatta bu ilmlarni olishingiz kerak bo‘ladi. Bir oy davomida haftasiga ikki marta 2 soatdan qatnab, kelajak kasblaridan biriga ega bo‘lasiz. Chunki SEO jihatdan to‘g‘ri sozlangan veb sayt kelajakda meva berishi turgan gap. Agar undan biznes yo‘lida foydalanilsa, mijozlar oqimini olib keladi. Sababi, aksariyat odamlar Google va Yandeksdan izlashadi.

Keling, misol orqali tushintiraylik. Masalan, siz konditsionerlarni tuzatasiz va ta’mirlaysiz. Mijozingiz sizga o‘xshaganlarni izlab yuradi va ular Internetda qidirishadi. Deylik, ular «remont konditsionerov v tashkente» yoki o‘zbekchasiga «toshkentda konditsionerlar tuzatish» yoki lotin alifbosida «konditsioner tuzatish xizmati» deb izlashadi. Mana shu paytda Google sizni ko‘rsatib berishi shart! Boz ustiga birinchi sahifada — top-10 ro‘yxatda. Sizni ko‘rgach, kerakli odam bosadi va veb saytingizga tushadi. U erda manzilingiz va aloqa raqamlarni ko‘radi, qo‘ng‘iroq qiladi. Sizga yangi mijozning o‘zi yo‘q joydan chiqadi. Veb saytni to‘g‘ri sozlab qo‘ysangiz bo‘ldi. Shunday ekan, bu bilimlarga ega bo‘lib oling.

SEO kurslar nimani o‘rgatadi?

Veb saytlarni qidiruv tizimlarning yuqori o‘rinlarida chiqarish uchun SEO jihatdan optimallashtirish bo‘yicha quyidagi bilimlarni olish kerak bo‘ladi.

1. DOMEN VA XOSTING HAQIDA TUShUNChA
Qanday qilib to‘g‘ri domen tanlash, uni ro‘yxatga olish va qaysi xosting-provayderda joylashtirish masalalari o‘rganiladi.

2. SAYTLARNING HTTPS PROTOKOLI VA SSL SERTIFIKAT HAQIDA
Qidiruv tizimlari nazdida xavfli va xavfsiz saytlar toifasini aniqlash bo‘yicha bilim beriladi.

3. SAYTNING TO‘G‘RI TIZIMI (STRUKTURASI) HAQIDA
Qanday qilib, tizim jihatdan to‘g‘ri veb sayt qilish ilmi o‘rgatiladi.

4. KALIT SO‘ZLAR HAQIDA TUShUNChALAR
Izlanayotan kalit so‘zlarni monitoring qilish, raqobatchilarni o‘rganish, o‘sha so‘zlarning oylik statistikasi tahlil qilinadi.

5. KONTENT HAQIDA TUShUNChA
Veb saytning matni, rasmlari, video va boshqa jihatlari haqida ma’lumot olinadi. Mukammal SEO matn yozish san’ati o‘rgatilinadi.

6. META TITLE, DESCRIPTION, KEYWORDS TUShINChALARI
Sayt yadrosi hisoblangan matn semantikasi haqida ilmlar o‘rganiladi. Ularni to‘g‘ri sozlash ko‘rsatiladi.

7. TO‘G‘RI RASM QO‘YISh SIRLARI HAQIDA
Veb saytga rasmni qanday qilib to‘g‘ri qo‘yish va sozlash haqida ilmlar beriladi.

8. SAYT IChKI HAVOLALARI XUSUSIDA
Ishlamaydigan sahifalar, xato sahifalar va bir-biri bilan bog‘langan sahifalar haqida ma’lumot beriladi.

9. VEB SAYTNING MOSLAShUVChANLIGI (ADAPTATsIYa) HAQIDA
Saytning mobil versiyasi, planshet versiyasi va desktop versiyalari haqida ilm beriladi. Yuzabiliti tushunchasi o‘rgatiladi.

10. BLOG YoKI YaNGILIKLAR RUKNI HAQIDA
Saytning asosini tashkil qiladigan yangilik yoki blok xabarlari haqida axborot olinadi.

Yana qanday bilimlar beriladi?

Yuqoridagilarga qo‘shimcha sifatida mana bular ham:

11. ROBOTS.TXT FAYLI BO‘YIChA
Qanday qilib to‘g‘ri robots.txt faylini yaratish o‘rgatiladi.

12. SITEMAP.XML FAYLI BO‘YIChA
Saytning strukturasini tashkil qiluvchi Sitemap.xml fayli haqida batafsil ma’lumot beriladi.

13. GOOGLE SEARCH CONSOLE VA YaNDEKS.VEBMASTER PLATFORMALARI
Ushbu ikki platforma haqida kerakli ma’lumotlar beriladi.

14. WORDPRESS MISOLIDA SEO MATN JOYLAShTIRISh
SEO matnni Google va Yandeks saytlarining top-10 sahifasida chiqarish yo‘llari haqida amaliy bilimlar ko‘rsatish.

15. WORDPRESS PLATFORMASINING SEO PLAGINI HAQIDA
Ishni tezlashtiruvchi plaginlar haqida ko‘rsatmalar berish.

Ko‘rib turganingizdek, SEO kurslar haqida shu ilmlar nazarda tutilmoqda. Bu bilimlar sizni yanayam bir pog‘ona o‘stiradi. Tayyor mutaxassisga aylantiradi. Uyog‘ini o‘zingiz hal qiling.

Murojaat uchun:

Telefon/Telegram: +99897-7508030
Manzil: Metroning «Milliy bog‘» bekati

529 марта ўқилди