Ingliz tili sirlari

ingliz tili sirlari

Til bilganga — ming tanga, degan ibora bor dono xalqimizda. Bekorga aytilmagan bu gaplar. Til bilgan odam huddi ikkita odamdek bo‘lib qoladi. Ya’ni, unga boshqa yurt ilmlari va dunyosi ochiladi. Har qanday imkoniyatlari ikki baravarga oshadi. Biz o‘zbeklar uchun o‘rganishimiz kerak bo‘lgan 3-4 ta tillar bor. Ular — turk tili, arab tili, rus va ingliz tillaridir. Mazkur tillar bilan hayotimiz davomida doim so‘zlashib yuramiz. Ammo, inglizchani albatta bilishimiz shart. Bugun e’tiboringizga ingliz tili sirlari haqidagi «Ingliz tilining buyuk siri» deb nomlangan elektron kitobimizni havola qilmoqchimiz.

Ingliz tili sirlari haqida ikki og‘iz

Bu kitob pullik va u hamma uchun emas. U darhaqiqat ingliz tilini o‘rganayotib, bir joyda qotib qolgan — uyog‘iga siljimay o‘rgana olmayotganlar uchun chiqarilgan. Foydasini o‘qib ko‘rganlar biladi. Ilovaning chiqarishdan maqsad — ingliz tilida gaplashishga ko‘maklashish. Lekin … Lekin, bu oson ish emas. Ingliz tilining grammatikasini ya’ni, o‘zbekchasiga aytsak uning fe’l-atvorini, tizimi, hulqi, qanday tashkil topganligini bilmay turib, gaplasha olmaysiz. Ishonavering, gaplasha olmaysiz! Bu yerda faqat sabrli bo‘lish kerak va yozilganlarni diqqat bilan o‘qish – uqish kerak. Shunda natija bo‘ladi.

Bilib qo‘ying, ingliz tili qiyin tillar turkumiga kiradi. Ingliz tilida gaplashish uchun uning haqiqiy «basharasini» bilish shart bo‘ladi. Bilasizmi, nega ingliz tili dunyo bo‘ylab juda keng tarqalib ketgan? Chunki bu tilning zamirida qattiq belgilab qo‘yilgan tizim yotibdi. Tizimdan chiqmasangiz bo‘ldi. O‘zbekchada «Men maktabga ketdim» yoki «Ketdim men maktabga» yoki «Maktabga ketdim men» desangiz ham hamma tushunaveradi. Ingliz tilida so‘zlarning o‘rnini bizdagidek almashtirib bo‘lmaydi. Hatto ruslarda ham «Ya poshel v shkolu» iborasini «V shkolu ya poshel» desangiz ham ma’nosi buzilmaydi. Ingliz tilida esa bunaqa yozish mumkin emas.

Ingliz tilining mentaliteti umuman boshqacha, biznikiga mos kelmaydi. U judayam qaysar til. Shuning uchun ham hozirgacha siz bu tilda gaplasha olmayapsiz. Aslida esa, bu tilnining sirini bilib olsangiz, hammasi yengil ketadi. Bu tilda mantiq juda ham mustahkam qilib belgilab qo‘yilgan. Uni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Gap tuzayotganda ana o‘sha belgilab qo‘yilgan tizimdan chiqib ketish kerak emas. Aniqroq tushuntirishga harakat qilamiz.

Inson, ya’ni biz o‘zbeklar (boshqalar ham) faqat 3 xil toifali gap tuza olamiz. Ular: TASDIQLOVChI gap, INKOR ETUVChI gap va SAVOL BERUVChI gapdir. Bo‘ldi. Gapning boshqacha toifasi yo‘q. Ya’ni, biz nimanidir tasdiqlaymiz, inkor qilamiz va savol beramiz, har xil zamonlar bilan (o‘tgan, hozirgi, kelasi). Inglizlar bo‘lsa mana shu zamonlarni ham turlarga bo‘lib tashlashgan.

Ingliz tilida zamonlar

Biz uchun masalan «men maktabga ketyapman» iborasi — lo‘nda va aniq, ortiqcha izohning keragi yo‘q. Inglizlar bo‘lsa unaqa deyishmaydi. Ular «men hozir maktabga ketyapman» yoki «men umuman olganda maktabga ketyapman» deb aniq ravshan aytishadi. Ko‘ryapsizmi sir qayerda? Ularda vaqtni aniq belgilaydigan mantiq bor.

Keyin inglizlarda doim gap tuzilganda albatta fe’l bo‘ladi. Bizda masalan: «Men o‘qituvchiman» desangiz ham bo‘ladiku, bu yerda fe’l bo‘lishi shart emas. Yoki ruslarda «Ya uchitel» degandek. Ammo, inglizlar bunaqa «I teacher» deya olishmaydi. Ular albatta «I am a teacher» so‘zma-so‘z tarjimasi — man borman o‘qituvchi, deb aytishlari shart. To be fe’lidagi «am» ya’ni borman so‘zini qo‘shib aytishadi ular. Mana sir qayerda?!

Shuning uchun ham oddiy o‘zbek bu tilni o‘rganishga qiynaladi. Ingliz tilining tuzilmasini to‘liq tasavvur qilmay turib o‘rganish befoyda narsa. Bu tilning qanday tashkil topganligini va mantig‘ini keyingi sahifalarda batafsil tushintiramiz. Ko‘ngilni to‘q qiling, sotib olgan pulingizga achinmaysiz. Quyida ingliz tili sirlari haqidagi «Ingliz tilining buyuk siri» kitobini qanday sotib olish va narxlari haqida so‘z yuritamiz.

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Bu kitob Android platformasi uchun chiqarilgan va uni Google Play orqali sotib olishingiz mumkin. O‘sha paytdagi ekranlar o‘lchamiga qarab qilinganligi bois, salgina kichikroq ko‘rinishi mumkin. Ammo, sizda bu kitobni PDF variantini sotib olish imkoni ham bor. Uning narxi — 45.000 so‘m turadi, 2 kunlik «obed» puli. Orada ilm uchun ham sarmoya kiritish kerak, uning mevasi baribir bo‘ladi, inshaAlloh.

Google Play platformasidan sotib olish uchun quyidagi havolani bosing.

PDF variantini sotib olish uchun men bilan Telegram orqali bog‘laning.

420 марта ўқилди