Bugun e’tibioringizga dunyodagi eng katta davlatlar haqida ma’lumot beramiz. Zero, ko‘pchilik top-10 mamlakatlarni aytishda chalg‘ib qoladi. Bu davlatlarning maydonlari millionlab kvadrat kilometrlarda o‘lchanadi. Ulkan tabiiy zahiralariga ham egadirlar. Yalpi ichki ishlab chiqarish bo‘yicha ham etakchi hisoblanishadi. Demak boshladik.
Dunyodagi eng katta davlatlar top-10 ro‘yxati
1-o‘rinda Rossiya
Dunyodagi eng katta davlat. Sharqiy Evropa qit’asida 23% hududi bor, Osiyo qit’asida esa 77%. Rossiya Federatsiyasining maydoni 17 mln km² tashkil qiladi, aholisi esa — 140 mln dan ziyodroq. Poytaxti — Moskva shahri.
2-o‘rinda Kanada
Kattaligi jihatdan dunyoda ikkinchi o‘rinda. Shimoliy Amerika qit’asida joylashgan. Atrofini uchta okean qirg‘oqlar egallagan. Ular Atlantika, Tinch va Shimoliy Muz okeanlari. Uning AQSh bilan chegarasi jahondagi eng uzun chegara hisoblanadi. Maydoni — 9,9 mln km². Aholisining soni bor-yo‘g‘i 35 mln ni tashkil qiladi. Poytaxti — Ottava shahri.
3-o‘rinda Xitoy
Bu davlat dunyoda kattaligi jihatdan uchinchi o‘rinda turadi. Maydoni 9,6 mln km², aholisi — 1,5 mlrd dan oshgan. Bu Er yuzasidagi eng katta ko‘rsatkichlardan biri. Poytaxti — Pekin shahri.
4-o‘rinda AQSh
Amerika Qo‘shma Shtatlari bu ro‘yxatda to‘rtinchi o‘rinda turadi. Bu mamlakat ham Shimoliy Amerika qit’asida joylashgan. Maydoni 9,5 mln km², aholisi 330 mln atrofida. Poytaxti — Vashington shahri. Eng yirik shahari esa Nьyu-York.
5-o‘rinda Braziliya
Braziliya Federativ Respublikasi dunyodagi beshinchi yirik davlat hisoblanadi. Janubiy Amerika qit’asida joylashgan. Maydoni 8,5 mln km², aholisining soni 207 mln atrofida. Portugal tilida so‘zlashuvchi davlatlar orasida eng kattasidir. Poytaxti — Brazilia shahri, yirik shahari — San-Paulu.
Top-10 ro‘yxatning quyi qismida qaysi davlatlar?
6-o‘rinda Avstraliya
Avstraliya Ittifoqi maydon bo‘yicha jahonning oltinchi davlatidir. U Janubiy Yarimsharda, o‘z nomi bilan ataladigan qit’ada joylashgan. Maydoni — 7,7 mln km², aholisi 25 mln atrofida. Mamlakatni Buyuk Britaniya qiroli faqatgina rasmiy marosimlarda boshqaradi. Poytaxti — Kanberra, yirik shahari — Sidney.
7-o‘rinda Hindiston
Bu davlat Osiyo qit’asininig janubida, Hind yarim orolida joylashgan. Maydoni — 3,2 mln km². Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, aholsining soni Xitoynikida (1,5 mlrd) o‘tib ketgan. Poytaxti Nьyu-Deli, yirik shahri — Mumbay.
8-o‘rinda Argentina
Argentina ro‘yxatni sakkizinchi pog‘onasida. Janubiy Amerika qit’asida joylashgan. Maydoni 2,8 mln km², aholisi taxminan 45 mln ta. Poytaxti Buenos-Ayres shahri.
9-o‘rinda Qozog‘iston
Bizga qo‘shni davlat kattaligi jihatdan duyonda to‘qqizinchi o‘rinda turadi. Maydoni 2,7 mln km², aholisi 18 mln atrofida. O‘zbekistondan qariyb ikki baravarga kam. Poytaxti — Astana yoki Ostona. Yirik shahri — Almati yoki Olma-ota shahri.
10-o‘rinda Jazoir
Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi dunyoning eng katta top-10 ro‘yxatining oxiriga ilingan. Maydoni 2,4 mln km², aholsi soni 38 mln atrofida. Poytaxti — Jazoir shahri.
Top-20 ro‘yxatdan quyidagi mamlakatlar o‘rin olgan
11-o‘rin Kongo Demokratik Respublikasi, maydoni — 2 345 410 km²
12-o‘rinda Saudiya Arabistoni, maydoni — 2 149 690 km²
13-o‘rinda Meksika, maydoni — 1 972 550 km²
14-o‘rinda Indoneziya, maydoni — 1 904 556 km²
15-o‘rinda Sudan, maydoni — 1 886 068 km²
16-o‘rinda Liviya, maydoni 1 759 540 km²
17-o‘rinda Eron, maydoni 1 648 000 km²
18-o‘rinda Mongoliya, maydoni 1 566 600 km²
19-o‘rinda Peru, maydoni 1 285 220 km²
20-o‘rinda Chad, maydoni 1 284 000 km².
O‘zbekiston davlati maydon jihatdan dunyoda 56-o‘rinda turadi. Bizning maydonimiz 447 400 km² ni tashkil qiladi.
Ko‘rib turganigizdek, dunyodagi eng katta davlatlar ro‘yxati (top-20) shulardan iborat.