Uy sharoitida cho‘milish bilan bog‘liq har qanday xatti-harakatlar ya’ni «protsedura»lar alohida kabina ichida bo‘lishi hozirda juda ommalashdi.Chunki u qulay hamda joyni kam egallaydi. Vanna xonalarda ham maydondan iqtisod qilish niyatida ko‘pchilik mazkur kabbnalarni o‘rnatadi. Toshkentda dush kabinalar bilan bog‘liq har qanday savollaringizni StekloStroy.uz korxonasi bilan maslahatlashgan holda javob olishingiz mumkin. Chunki ularning mahsulotlari va ko‘rsatayotgan xizmat turlari ayni paytda ko‘pchilikka ma’qul qilmoqda. Bugungi maqolamiz ular haqida bo‘ladi.
Toshkentda dush kabinalar — StekloStroy.uz saytida
Do‘stlar keling, avvalam bor dush kabinalari haqida ikki og‘iz ma’lumot berib ketsak. U nima? U — o‘ziga xos devorlar va eshikchadan iborat kichkina xonacha. Ichida suv tushadigan jumraklar, sachratib beradigan «leyka» va poddonlar bo‘ladi, Oqayotgan suv kanalizatsiyaga ulangan bo‘lib, «sanuzel» orqali chiqib ketadi. Kerak bo‘lsa uning ichiga ko‘rish uchun oyna-ko‘zgu, javoonli tokchalar va o‘tirish uchun o‘rindiqcha ham qo‘yish mumkin. Bu dush kabinalari ochiq, yopiq yoki umumlashgan ko‘rinishda mijozga taqdim etiladi. Shakli esa, to‘g‘ri to‘rtburchak ko‘rinishida, ovalsimon yoki yoy burchakli turlardan iborat bo‘ladi. Gohida uni «gidromassaj boks» deb ham atashadi.
Dush kabinalarni ikki toifaga ajratish mumkin. Birinchisi — yig‘ma kabinalar, ikkinchisi — monoblokdan iborat. Yig‘ma dush kabinalari uch devorli konstruktsiyadan iborat bo‘lib, yopiq shaklda bo‘ladi. Monobloklilari bo‘lsa, o‘rnatish va montaj uchun oddiygina ko‘rinishga ega. Vanna xonaning kengligiga qarab istalgan hajmni tanlash mumkin. StekloStroy.uz korxonasi aynan mana shu turdagi dush kabinalarni «birinchi qo‘l» bo‘lib o‘zlari ishlab chiqarishadi. Mijozlarga o‘rnatib berish xizmatlari ham mavjud.
Agar istasangiz bu kabinalarni burchakka yoki biror bir devorning o‘rtasiga o‘rnatish mumkin. Bu ko‘proq poddonning shakliga bog‘liq. U ko‘pincha plastik yoka akrildan tayyorlanadi. Akril poddonlar arzonroq va issiqni yaxshi o‘tkazadi. Keramik, marmar, po‘lat yoki cho‘yan turlari ham bor. Hozirgi zamonaviy dush kabinalari odatda o‘zi bilan bir qator «aksessuar»ni (kerakli qismlar) ham olib keladi. Masalan, kichkina ko‘zgu, ruchkalar, shampunь va sovun uchun tokchalar, sochiq ilish uchun ilgakli javonlar bo‘ladi. Hattoki, suyuq sovun turishi uchun maxsus dozatorlar, massaj uchun kerakli anjomlar bilan etkazish mumkin.
Dush kabinalarining ustunlik jihatlari
Bu dush kabinalarining bir qator ustunlik va yaxshi jihatlar bor. Masalan:
— suv tajamkorligi, oddiy vannaga qaraganda ancha suvni iqtisod qiladi;
— qulay va kichkina, katta joy egallamaydi;
— oddiy vanna bilan birga o‘rnatish ham mumkin;
— germetik zich yopiladi, polga suv tushishini oldini oladi;
— keng qamrovli ishni bajaradi, masalan dush, suvromassaj va hokazo.
Endi o‘z-o‘zidan savol tug‘iladi: Toshkentda dush kabinalar asosan qanaqa o‘lchamda bo‘ladi? Javob beramiz: har xil o‘lchamlilari mavjud. Standartlar — 100 ga 100 sm, 90 ga 90 sm yoki 130 ga 130 sm o‘lchamda. Hattoki 120 ga 80 yoki 170 ga 80 lari ham bor. O‘lcham tanlanayotganda oyoq ostidagi tog‘orasimon taglikning bo‘yiga qarash kerak. Eng kamida poldan 3,5 sm teparoqda bo‘lishi shart. Baland bortli turlari bo‘lsa eng kami 10-18 sm bo‘lgani ma’qul. Devorlari va eshiklari llastikdan yoki orgshishadan tayyorlangan bo‘ladi. Orgshisha bu — polistirol yoki toblangan shisha. Qalinligi 5-8 smdan iborat. Chunki, kutilmagan zarbaga bardosh berishi kerak.
Xullas, StekloStroy.uz korxonasining bu mahsulotlari sizni befarq qoldirmaydi. Didingizga va cho‘ntagingizga qarab tanlab berishadi. Eng muhimi katta-kichikligini farqi yo‘q. Qo‘ng‘iroq qiling, bemalol telefon orqali bepul maslahatlarni berishadi. Svvollaringizga oydinlik kiritib oling, buyurtma bering.
Murojaat uchun
Telefon: +998 (90) 979 62 62
Telegram: +998 (97) 440 49 49
E-mail: info@steklostroy.uz
Veb sayt: https://steklostroy.uz