AQShning «Inter Mayami» klubi hujumchisi Lionel Messi mundial haqida (Qatardagi JCh-2022) gapirib o‘tdi. Uning fikricha, hammasi Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yindan keyin o‘zgarib ketgan ekan. «Barselona» jamoasi sobiq futbolchisi ko‘p narsalarga oydinlik kiritib berdi.
Messi mundial haqida nimalar dedi?
«Biz Qatarga uchib borgan kunimizdan boshlab, bosh sovrin uchun asosiy da’vogar ekanligimizni bilgandik. Bu haqida ochiqchasiga gapirishni istamasakda, ichimizda shu tuyg‘ular o‘tardi. Boz ustiga, matbuotda ham bizning etakchi ekanligimiz ko‘p ta’kidlanardi. Bunga qanaqadir ishonib qoldik.
Ammo, Saudiya Arabistoniga qarshi kechgan va undagi mag‘lubiyat bizni erga tushirib qo‘ydi. Biz Osiyo jamoasiga mag‘lub bo‘ldik. Futbolda shunaqasi ham bo‘ladi. Ko‘pchilik kulishni ham boshlagan bo‘lsa kerak.
Keyin o‘zimizga keldik. Jahon chempionatidagi har qanday raqib bilan oson o‘yin o‘tkazmadik. Niderlandiya, Braziliya yoki boshqa top-jamoa bo‘ladimi, muammolar etarli bo‘ladi har doim. Lekin, Avstraliyaga qarshi maza qilib o‘ynadik. Shu joygacha etib kelishdimi, demak ular hammasini to‘g‘ri qilishgan ekan. Gollandlar bilan ancha ter to‘kishga to‘g‘ri keldi.
Umuman olganda, Argentiga doim favorit sifatida qayd etilib kelgandi», — deydi argentinalik yulduz.
Musobaqagacha kim etakchi edi?
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilgi Jahon chempionati oldidan sun’iy tafakkur JCh-2022 g‘oliblarini taxmin qilib bergandi. O‘shanda superkompьyuter Argentinani chempion bo‘lishini aniqlagan. Natijada esa, ushbu kompьyuterning hisob-kitoblari to‘g‘ri bo‘lib chiqdi.
Messi mundial haqida gapirar ekan, polьshalik hujumchi Robert Levandovski haqida ham gapirib berdi.
«Meni «Oltin to‘p»ga munosib ko‘rishganda, Robert norozi ekanligini bildirdi. Men buni bilardim va maydonda unga qarshi nafrat bilan o‘ynadim. Uchrashuv paytida qo‘lini uzatganda so‘rashmadim ham. Chunki, undan hafsalam pir bo‘lgandi», — deydi Argentina milliy terma jamoasi sardori.
Messi yana boshqalar haqida so‘zladi
«Jahon chempionatigacha meni ahvolim yaxshi emasdi. Oilam ham xursand bo‘lmagan. Meni yaxshi ko‘radigan yaqinlarimning ahvoli havas qilarli emasdi. Ammo, JChdan keyin hammasi o‘zgardi. Meni sevib qolishdi. Ungacha faqat tanqid qilishardi. Yakunda meni 100% argentinaliklar yaxshi ko‘rib qolishdi», — qo‘shimcha qildi u.